Bagʻdod tumanida xonadondan 10.000.000 soʻm pullarni oʻgʻirlagan ayollar qoʻlga tushdi
Bagʻdod tumani. Irgʻoli mahalla hududida yashovchi fuqaro X.Q IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 26-may kuni noma’lum shaxs yashash xonadoni yotoqxonasi deraza oynasini sindirib, gʻayriqonuniy ravishda kirib, yotoqxona divan ostida boʻlgan jami 10.000.000 soʻm pullarni yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Bagʻdod tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni I.X va J.M imli ayollar sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati