12 Oktyabr 2022 yil 433

Bagʻdod tumanida voyaga yetmagan shaxs 200.000 soʻm pullarni oʻgʻirlab javobgarlikka tortildi

Bagʻdod tumani. Gʻ.I IIBga murojaat qilib, unda 03-oktabr kuni noma’lum shaxs Samandarak mahalla hududida joylashgan binosidagi qurilishi tugallanmagan xonasida qarovsiz qoldirilgan 200.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Bagʻdod tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan I.M sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech