Bag'dod tumanida savdo do'konidan pul va telefon aksessuarlarini o'g'irlagan shaxs qo'lga tushdi
Bag'dod tumani. Fuqaro Y.R IIBga murojaat qilib, unda 2023 yilning 21 fevral kunidan 22 fevral kuniga o'tar kechasi nomaʻlum shaxs Qo'shchinor ko'chasidagi avtoshoxbekat binosida joylashgan aksessuarlar savdo do'koniga g'ayriqonuniy ravishda kirib, savdo do'konidan jami 19.000.000 so'm pullari, 2.000 AQSh dollari, 1.480.000 so'mlik “RedMI A1+” rusumli uyali telefon apparati, 150.000 so'mlik telefon quvvatlagich, 46.000 so'mlik 8 GB fleshka, 30.000 so'mlik 8 GB fleshka, 10.000 so'mlik telefon quvvatlagich kabelini yashirin ravishda o'g'irlab, hodisa joyidan yashiringanligini maʻlum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Bag'dod tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “b,g” bandi (o'g'irlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni A.X sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, o'z mol-mulkingiz, pul mablag'laringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan o'g'irlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qo'shgan bo'lasiz.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati