30 May 2023 yil 390

Bagʻdod tumanida savdo doʻkon gʻaznasidan pul va telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi

Bagʻdod tumani. Fuqaro M.I IIBga murojaat qilib, unda 2023-yil 21-may kunidan 22-may kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs, Qorakoʻl mahalla hududida joylashgan savdo doʻkoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, doʻkon gʻaznasida boʻlgan narxi 2.000.000 soʻmlik “IPHONE-5” rusumli telefon apparati va 3.900.000 soʻm pullarni yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Bagʻdod tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni A.X sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech