Bagʻdod tumanida “Redmi 8 pro” rusumli telefon apparatini oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Bagʻdod tumani. Fuqaro A.S IIBga murojaat qilib, unda 2023-yil 15-may kunidan 16-may kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs Oydinbuloq mahalla hududida joylashgan qoʻshimcha tomorqasidagi qurilishi tugallanmagan xonadoni oldida soʻri ustidagi yostigʻi ostidan 1 dona narxi 2.000.000 soʻmlik “Redmi 8 pro” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Bagʻdod tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni M.T sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati