13 May 2022 yil 554

Bag'dod tumanida og'ufurush qo'lga olindi

Bag'dod tumani.9 may kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, M.A Oltiariq tumani Ittifoq MFY hududida 250.000 so'm pullar evaziga “gashish” giyohvandlik moddasini sotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Bag'dod tumani IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-modda 2-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, protsessual tartibda ushlandi.

Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste'mol qilish sog'lig'ingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab bo'lishini esdan chiqarmang.

Eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech