4 Aprel 2022 yil 449

Bagʻdod tumanida mehmon mezbonni tunadi

Bagʻdod tumani.15-mart kuni Q.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda shu kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga mehmonga kelib, mehmonxonasida boʻlgan narxi 1.800.000 soʻmlik “Samsung А6” rusumli uyali telefon apparati va 500 AQSH dollarini oʻgʻirlab ketganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bagʻdod tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni N.A sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech