Bag'dod tumanida “marixuana” giyohvandlik moddasini saqlagan shaxs aniqlandi
Bag'dod tumani. 2023 yilning 11 mart kuni, tuman IIB JQB xodimlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, Dasht massividagi fermer xo'jaligi dala shiyponi ko'zdan kechirilganda, fermer xo'jaligi ishchisi Y.Z dala shiyponi yotoqxonasi va oshxonasida “marixuana” giyohvandlik moddalarini saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Bag'dod tumani IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Farg'ona viloyati IIB Axborot xizmati