Bagʻdod tumanida giyohvandlik vositalarini saqlagan shaxs qoʻlga tushdi
Bagʻdod tumani.2022-yilning 12-avgust kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Shoʻroqyer mahalla hududida yashovchi D.V.ni yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, hovlisida “marixuana” giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, xolislar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Bagʻdod tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Giyohvandlik moddalarini iste’mol qilish sogʻligʻingiz uchun xavfli ekanligini, uni saqlash qonunga xilofligi va jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati