Bagʻdod tumanida giyohvandlik oʻsimliklarini yetishtirayotgan shaxs aniqlandi
Bagʻdod tumani.10-may kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Zafarobod qishlogʻida yashovchi M.Sh ismli ayolning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 75 tup koʻknori oʻsimliklarini parvarishlab kelayotganligi aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Bag`dod tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati