7 Oktyabr 2021 yil 375

Bagʻdod tumanida fuqarodan vaqtincha foydalanish uchun uyali telefon apparatini olib qaytib bermagan shaxs qoʻlga olindi

Bagʻdod tumani. 27-sentabr kuni O.N ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning 17-sentabr kuni noma’lum shaxs ishonchiga kirib, narxi 2.100.000 soʻmlik “Самсунг A11” rusumli telefon apparatidan vaqtincha foydalanib, soʻng qaytarib berish sharti bilan olib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan uyali telefon apparatini qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Bagʻdod tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.S sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech