8 Sentyabr 2021 yil 367

Bagʻdod tumanida “Damas” rusumli avtomashinasini fuqaroga sotib hujjatlarni rasmiylashtirib bermagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Bagʻdod tumani. 30-avgust kuni fuqaro H.Gʻ. IIBga murojaat qilib, unda 2021-yilning aprel oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan “Damas” rusumli avtomashinani 4.500 AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 2.500 AQSH dollar pullarini olib, qolgan 2.000 AQSH dollar pullarni avtomashina hujjatlarini rasmiylashtirib bergandan soʻng berishga kelishib, bergan va’dasini bajarmasdan hujjatlarni rasmiylashtirib bermasdan aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Bagʻdod tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni A.N. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech