24 Fevral 2023 yil 410

Bagʻdod tumanida choyxonada “gashish” giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi

Bagʻdod tumani. 2023 yilning 18 fevral kuni tuman IIB JQB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tadbir davomida A.N.ga qarashli Muqumiy mahalla hududida joylashgan choyxona xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, choyxonadagi kofe solinadigan idish ichida 1 dona “Gashish” giyohvandlik moddalarni saqlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Bagʻdod tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech