6 Dekabr 2021 yil 465

Bagʻdod tumanida ayolga tegishli plastik kartani boshqarish imkoniyatini qoʻlga kiritib, hisobida boʻlgan pullarini oʻgʻirlagan shaxs javobgarlikka tortildi

Bagʻdod tumani. 24-noyabr kuni O.B ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 20-noyabr kuni noma’lum shaxs tuman markazida bankomatda unutib qoldirgan tegishli bank tomonidan rasmiylashtirilgan plastik kartasini boshqarish imkoniyatini qoʻlga kiritib, plastik kartasi hisobida boʻlgan 1.200.000 soʻm pullarini yashirin ravishda qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Bagʻdod tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «b» bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni Sh.Q sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech