Bagʻdod tumanida avtomashina olib qochgan shaxslar qoʻlga olindi
Bagʻdod tumani. 22-mart kuni soat 03:14 larda M.T., I.S va Sh.S.lar bir guruh boʻlishib, Qoʻqon shahrida taksislik qiluvchi T.L.ni chaqirishib unga tegishli boʻlgan “Спарк” rusumli avtomashinasiga yoʻlovchi sifatida chiqishib, Doʻrmoncha qishlogʻi hududida kelishib avtomashinani toʻxtatishib jabrlanuvchi T.L.ni urishib, “Спарк” rusumli avtomashinasini olib qochib, voqea joyidan yashirinishgan.
Mazkur holat yuzasidan M.T., I.S va Sh.S.larga nisbatan Bagʻdod tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismi “b,v,g” bandlari (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 267-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati