9 Sentyabr 2022 yil 511

Bagʻdod tumanida avtomashina olib qochgan shaxs qoʻlga olindi

Bagʻdod tumani.06-sentabr kuni S.J Mustaqillik koʻchasida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan M.M.ga tegishli "Sinotruk Hoka" rusumli yuk avtomashinasini olib qochib, ushbu transport vositasini Doʻstlik koʻchasiga ochiq holatda tashlab ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Bagʻdod tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʻn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech