12 Oktyabr 2021 yil 450

Bagʻdod tumanida 200 tonna sement mahsulotlarini sotib olib pullarini bermagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Bagʻdod tumani. 2021-yilning 05-oktabr kuni fuqaro X.E IIBga murojaat qilib, unda 2017-yilning dekabr oyida noma’lum shaxs ishonchiga kirib, sotmoqchi boʻlgan 200 tonna sement mahsulotlarini 70.000.000 soʻmga sotib olishga kelishib, sement mahsulotlarini olib ketib, pullarini 2018-yilning mart oyiga qadar berishni aytib, bergan va’dasini bajarmasdan aldov yoʻli bilan sement mahsulotlarini qoʻlga kiritganligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Bagʻdod tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.J sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech