22 Iyun 2022 yil 410

Bagʻdod tumani ichki ishlar boʻlimida “Intizom oyligi” doirasida koʻplab ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ahamiyatga ega tadbirlar tashkil qilinmoqda.

Jumladan, tuman ichki ishlar boʻlimi xodimlarining ota-onasi hamda oila a’zolari ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilish ham ushbu oylik doirasida tashkil etilgani bilan ahamiyatli boʻldi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar ichki ishlar organlarida oʻtkazilayotgan “Intizom oyligi”dan koʻzlangan maqsad va vazifalar haqida toʻxtalib, har bir xodim kundalik xizmat faoliyatida qat’iy tartib-intizomga amal qilsa, albatta, muvaffaqiyatga erishishini ta’kidladilar.

Ichki ishlar organi xodimi muomala madaniyatida boshqalarga oʻrnak boʻlishi, salbiy illatlardan yiroq yurishi kerakligi alohida qayd etildi.

Tadbir yakunida xizmatda ijobiy natijalarni qoʻlga kiritib, hamkasblariga oʻrnak boʻlayotgan bir guruh xodimlarning ota-onasiga minnatdorchilik bildirildi.

Tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari bilan xamkorlikda oʻtkazilgan davra suhbati, malakali psixolog Gʻoʻzal Aliyeva ishtirokidagi “Shaxsni ma’naviy sogʻlomlashtirish, ma’naviy taxdidlarni bartaraf etish hamda hayotiy koʻnikmalarni rivojlantirish” mavzusidagi psixologik trening ham “Intizom oyligi”ning yuqori saviyada oʻtishiga xizmat qildi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech