Bagʻdod tumanida giyohvandlik oʻsimliklarni parvarishlab kelayotgan shaxs aniqlandi
Bagʻdod tumani. 2023-yilning 23-aprel kuni tuman IIB xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, Samarqand mahalla hududida yashovchi I.I.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, tomorqasida 7 tup koʻknori hamda 6 tup “kannabis” oʻsimliklarni parvarishlab kelayotganligi aniklanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.
Holat yuzasidan Bagʻdod tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar! Taqiqlangan ekinlarni ekmang va yetishtirmang. Ularni ekish va yetishtirish qonunga xilof hamda jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Mazkur jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligini esdan chiqarmang.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati