21 Aprel 2020 yil 811

Bagʼdodda giyohvand moddasini pullagan shaxslar qoʼlga olindi

Bagʼdod tumani. 15 aprel kuni oʼtkazilgan tezkor tadbir davomida  А.Ch. tanishi Gʼ.O. bilan til biriktirib, “maxsus xaridor” ga 35.000 soʼm evaziga “Gashish” giyohvand moddasini sotgan vaqtda ushlanib, giyohvandlik vositasi daliliy ashyo tariqasida olingan. 

Holat yuzasidan Bagʼdod tumani IIB huzuridagi tergov boʼlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi koʼzgʼatilib, А.Ch. va Gʼ.O.larga nisbatan sud tomonidan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda. 

Eslatib oʼtamiz, Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs oʼn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: