7 Iyul 2023 yil 398

Bagʻdod tumanida kabobxonadan 500.000 soʻm pullarini oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi

Bagʻdod tumani. Fuqaro N.M IIBga murojaat qilib, unda 2023-yilning 27-iyun kuni noma’lum shaxs Muqumiy mahalla hududida joylashgan kabobxonadagi savdo rastasi ustida qarovsiz qoldirilgan 500.000 soʻm pullarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Bagʻdod tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (Oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan A.S va O.A sodir sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech