18 Dekabr 2023 yil 1965

Bag‘dod tumanida “Dolzarb 40 kunlik”   tezkor- profilaktik tadbirlari yuzasidan yo‘riqnoma o‘tkazildi

Farg‘ona viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, jamoat xavfsizligi xizmati rahbari, podpolkovnik Farruh Usarov tomonidan o‘tkazilgan tungi yo‘riqnomada tuman IIB shaxsiy tarkibi, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda tungi xizmat davomida o‘tkaziladigan tezkor tadbirlar, huquqbuzarliklar profilaktikasi, yo‘l harakati xavfsizligi hamda probatsiya yo‘nalishlarida amalga oshirilishi zarur  bo‘lgan ustuvor vazifalar yana bir bor tushuntirildi. 

Shuningdek, viloyat IIB rahbariyati tomonidan jamoatchilik nazorati maskanlari faoliyati hamda tungi xizmat jarayoni bevosita joyiga chiqqan holda   o‘rganildi.

Shu kuni tadbirga jalb etilgan xodimlar tomonidan 452 ta xonadonlar tekshirilib, alohida toifadagi 221 nafar shaxslar bilan suhbat o‘tkazildi.

57 ta ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. 1 ta holatda pirotexnika vositalarining savdosiga chek qo‘yildi.  Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan 2 nafar ayolga himoya orderi berildi. 1 nafar shaxs sovuq qurol olib yurganligi aniqlandi.

Yo‘l harakati xavfsizligi yo‘nalishidi o‘tkazilgan maxsus tadbirlar davomida 60 ta qoidabuzarlik aniqlandi. 60 ta transport vositasi jarima maydoniga joylashtirildi.

Tadbirlar davom etmoqda.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech