Bagʻdod tumanida ayolning plastik kartasidan yashirincha pulllarni yechib olgan shaxs qoʻlga tushdi
Bagʻdod tumani. 21-sentabr kuni U.M ismli ayol IIBga murojaat qilib. unda 2021-yilning avgust oyida noma’lum shaxs tegishli bank tomonidan berilgan plastik karta hisob raqamiga ruxsatsiz kirib, kartadagi 699.000 soʻm pullarini yashirin ravishda yechib olib, talon-toroj qilganligini ma’lum qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Bagʻdod tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.A sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati