29 Noyabr 2022 yil 414

Ayolning xonadonidan 3 qop mislarni oʻgʻirlagan voyaga yetmagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Oltiariq tumani. Sharq mahalla hududida yashovchi I.G ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 28-oktabr kuni noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yertoʻlasidan narxi 10.500.000 soʻmlik 3 qop mislarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiraiq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan M.I sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!

Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech