30 Sentyabr 2022 yil 481

Ayolning plastik kartasidan aldov yoʻli bilan pulllarini qoʻlga kiritgan shaxs javobgarlikka tortildi

Fargʻona shahar.2022-yilning 23-avgust kuni M.A telegram tarmogʻi orqali K.M.ning ishonchiga kirib, oʻzini “Click” xodimi ekanligini aytib, plastik kartasini ximoyalab berishini aytib, karta raqamlarini qoʻlga kiritib tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasidan jami 9.100.000 soʻm pullarni yechib olgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “v” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech