Ayolning plastik kartasidan 13.500.000 soʻm pullarni yechib olgan erkak qoʻlga olindi
Toshloq tumani. A.N ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 22-iyun kuni noma’lum shaxs telegram tarmogʻi orqali ishonchiga kirib, tegishli bank tomonidan berilgan plastik kartasidan jami 13.500.000 soʻm pullarni yechib olganligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshloq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni A.Oʻ sodir etganligi aniqlanib, tergov davomida Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “b” bandiga qayta malakalanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati