26 Dekabr 2022 yil 399

Ayolning plastik kartasidagi pullarni aldov yoʻli bilan yechib olgan shaxs qoʻlga tushdi

Fargʻona shahar. Ya.L ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil 10-oktabr kuni noma’lum shaxs Fargʻona shahar markazida joylashgan bankomatdan pul yechayotgan vaqtida unga yordam berishini aytib, 100.000 soʻm pullarini yechib berib, qolgan 500.000 soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan yechib olib qoʻlga kiritganligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni M.U sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech