26 Dekabr 2022 yil 401

Ayolning plastik kartasidagi pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan erkak

 

Rishton tumani.M.A ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 24-noyabr kuni noma’lum shaxs telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali tanishib, oʻzini bank xodimi ekanligi va bankdan 27 foizlik 10.000.000 soʻmgacha onlayn kredit chiqarib berishda amaliy yordam berishini yolgʻondan aytib, uning turmush oʻrtogʻi A.A nomiga rasmiylashtirilgan plastik karta raqamlari va maxfiy parollarini olib, plastik kartasi hisobida boʻlgan 7.713.115 soʻm va 4.711.218 soʻm pullarni firibgarlik yoʻli bilan oʻtkazib olganligi bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni K.D sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs sakkiz yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech