Ayolning choʻntagidan uyali telefon apparatini oʻgʻirlagan kissavur fosh boʻldi
Fargʻona shahri. T.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda noma’lum shaxs Fargʻona shahar “Dehqon” bozoriga xarid uchun kelgan vaqtida egnidagi kiyimi choʻntagidan narhi 1 100 000 soʻmlik “Samsung A10” rusumli uyali telefon apparatini kissavurlik yoʻli bilan yashirin ravishda talon-toroj qilib, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv xarakatlari davomida ushbu jinoyatni Fargʻona tumanida yashovchi O.N ismli shaxs sodir etganligi aniqlanib, undan jabirlanuvchiga tegishli boʻlgan “Самсунг А10” rusumli uyali telefon apparati daliliy ashyo tariqasida olingan.
Eslatib oʻtamiz, Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati