10 Iyul 2025 yil 203

Fargʻonada ayollar huquqini himoya qilish masalalari muhokama qilindi

Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari hamda Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi Fargʻona shahar “Yoshlar” mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan “Huquq Tartibot Maskani”da ochiq muloqot oʻtkazishdi.

Tadbirda huquq-tartibot idoralari vakillari, mahalla yetakchilari, ijtimoiy sohaga aloqador mutasaddilar hamda fuqarolar ishtirok etdi. Muloqot davomida hududdagi ayollar va oilalar duch kelayotgan muammolar, ularni hal qilishning huquqiy va amaliy mexanizmlari muhokama qilindi.

Mutassadilar joylardagi “Huquq Tartibot Maskanlari” faoliyatini yanada kuchaytirish, ayollarning huquqiy savodxonligini oshirish, zo‘ravonlikka qarshi kurashish va ijtimoiy himoyani kuchaytirish masalalarida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Uchrashuv yakunida mas'ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati 

Text to speech