Ayollar jinoyati - jamiyat halokati
Guliston shaharchasidagi Madaniyat markazida Bagʻdod tumani ichki ishlar boʻlimi, tuman oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hamda qator tashkilotlar bilan hamkorlikda "Ayollar jinoyati - jamiyat halokati" mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.
Tadbirda, Ichki ishlar boʻlimi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlinmasining xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektorining mavzu yuzasidan maʼruzasi tinglandi. Hamkor tashkilotlar bilan oldinda turgan ustivor vazifalar belgilab olindi.
Madaniyat boʻlimi tomonidan namoyish qilingan konsert dasturida probatsiya hisobida turgan va badiiy ijodga qiziquvchi ayollarning chiqishlari ham yigʻilganlarda yaxshi taassurot qoldirdi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati