13 Sentyabr 2022 yil 412

Avturargoh qorovulxonasidan pul oʻgʻirlagan voyaga yetmagan shaxs qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahar.K.B IIBga murojaat qilib, unda 28-avgust kuni noma’lum shaxs Farobiy koʻchasida joylashgan avtoturargoh qorovulxonasiga gʻayriqonuniy ravishda kirib, 2.500.000 soʻm pullarini oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Shahar IIB JQB tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ushbu jinoyatni voyaga yetmagan Q.X sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech