5 Aprel 2023 yil 378

Аvtomashinasini taʼmirlatishni bahona qilib, ayolning pullarini aldab qoʼlga kiritgan shaxs qamoqqa olindi

Qoʼqon shahar. Q.G ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2018 yilning iyul oyida nomaʼlum shaxs ishonchiga kirib, avtomashinasini taʼmirlatish uchun qaytarib berish sharti bilan 3.600 АQSh dollarini aldov yoʼli bilan qoʼlga kiritib, pullarni oʼz ehtiyodlariga sarflab yuborganligini maʼlum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʼqon shahar IIB huzuridagi tergov boʼlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʼzgʼatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni Q.T sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan sud tomonidan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʼllanilgan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʼlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʼrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech