26 Oktyabr 2022 yil
418
Avtomashinasini sotishini aytib tanishini pullarini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Fargʻona shahar.2022-yilning avgust oyida M.S Qirguli mavzesida joylashgan kafeda tanishi S.X bilan koʻrishib unga “Spark” rusumli avtomashinasi arzon narxda olib berishini aytib undan jami 2.000 AQSH dollari pullarini olib, firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgan pullarni oʻz ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 10-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati