Avtomashina ustaxonasidan qarovsiz qolgan telefonni oʻgʻirlagan voyaga yetmagan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Fargʻona shahar. Fuqaro A.A IIBga murojaat qilib, unda 2022-yil 13-noyabr kuni noma’lum shaxs shaharda joylashgan avtomashina ustaxonasidagi stol ustida qarovsiz qolgan 1.500.000 soʻmlik “Samsung A-40” rusumli telefon apparatini yashirin ravishda oʻgʻrilab voqea joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni voyaga yetmagan M.O sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati