14 Sentyabr 2022 yil 370

Avtomashina salonidan radarga qarshi moslamani oʻgʻirlagan shaxs aniqlandi

Qoʻqon shahar.Q.A IIBga murojaat qilib, unda 05-sentabr kunidan 06-sentabr kuniga oʻtar kechasi noma’lum shaxs Xoʻqandiy mavzesida hududida joylashgan koʻp qavatli uy oldida qarovsiz qoldirgan “Lasetti” rusumli avtomashina salonida boʻlgan narxi 1.500.000 soʻmlik radarga qarshi moslamasini oʻgʻirlab, hodisa joydan yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni X.R sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.

Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling! Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech