Avtomashina salonidan akkumulyator oʻgʻirlagan shaxs qoʻlga tushdi
Fargʻona shahar.Fuqaro Yo.F IIBga murojaat qilib, 2022-yilnnig 12-noyabr kuni no’malum shaxs Tabassum koʻchasida oʻziga tegishli boʻlgan “Spark” rusumli avtomashina salonida qarovsiz qolgan narxi 600.000 soʻmlik akkumulyatorini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan Fargʻona shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni T.B va Gʻ.I sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Hurmatli fuqarolar, oʻz mol-mulkingiz, pul mablagʻlaringizni ehtiyot qiling!
Bu bilan oʻgʻirlik jinoyatlarining oldini olishga hissa qoʻshgan boʻlasiz.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati