25 Mart 2020 yil 773

Аvtomashina olib qochgan shaxs ushlandi

Dangʼara tumani. 2020 yil 24 mart kuni Dangʼara tumani IIBga fuqaro X.Sh. murojaat qilib, shu kuni soat 21:00 larda “Сobalt” rusumli avtomashinasini Toshkent koʼchasida joylashgan “Moʼmiyo” nomli dorixona roʼparasiga qoʼyib, dorixonaga kirib ketgan vaqtida, avtomashinasi nomaʼlum shaxslar tomonidan olib qochib ketilganligini, birozdan soʼng, avtomashinasi shu tumanning “Аgrosanoat” kasb-hunar kolleji oldida pachoqlangan holatda aniqlanganligini, shu bilan birga, avtomashinasida boʼlgan 10.400.000 soʼm pullari oʼgʼirlab ketilganligini maʼlum qilgan.

Oʼtkazilgan tezkor tadbirlar davomida mazkur jinoyat J.S. va Yu.M.lar tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, ulardan tegishli tartibda oʼgʼirlangan pullar daliliy ashyo sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Dangʼara tumani IIB huzuridagi tergov boʼlinmasi tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 2-qismi “b,g” bandlari (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilib, J.S. va Yu.M.lar protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Eslatib oʼtamiz, yuqoridagi jinoyatni sodir etgan shaxsga nisbatan jinoyat kodeksida 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan maxrum etish bilan bogʼliq jazo qoʼllanilishi qonunda koʼzda tutilgan.

                 

Fargʼona viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech