11 Oktyabr 2022 yil
397
Margʻilon shahrida auksiondan yer maydoni olmoqchi boʻlgan shaxs 31.000.000 soʻm pullariga aldandi
Margʻilon shahar.2022-yilning avgust oyida Muruvvat koʻchasida yashovchi M.N G.B.ning ishonchiga kirib, unga auksiondan yer maydoni olib berishini aytib, jami 31.000.000 soʻm miqdoridagi pullarini olib, firibgarlik yoʻli bilan pullarini qoʻlga kiritib va’dasini bajarmagan.
Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyati ishi qoʻzgʻatilgan.
Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.
Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati