10 Mart 2022 yil 445

Fargʻona viloyatida tergovdan yashiringan 2 nafar shaxslar qoʻlga olindi

10.03.2022-yil kuni Fargʻona shahar IIO FMB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan U.D.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Beshariq tumani IIB TEQKB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan Q.N.ni qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech