Farg‘ona tumanida tezkor-profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda
Farg‘ona tumanida IIB rahbariyati tomonidan o‘tkazilgan yo‘riqnomada profilaktik tadbirlar jarayonida e’tibor qaratish
zarur bo‘lgan jihatlar tushuntirildi.
Xususan, mahalla faollari
bilan jinoyatlarning oldini olishda hamkorlikni yanada kuchaytirish, fuqarolarni o‘zlariga tegishli mol-mulklarni ko‘chalarda
qarovsiz va nazoratsiz qoldirmaslik, plastik
karta raqamlari kodlarini begona shaxslarga bermaslik, aks holda firibgarlik jinoyati
jabrlanuvchisi bo‘lib qolishlari to‘g‘risida ogohlantirish eng asosiy vazifa ekanligi tushuntirildi.
Tadbirlar davomida xodimlar 194 nafar toifadagi shaxslar, jumladan,
muqaddam sudlangan, profilaktik va probatsiya hisobida turgan, giyohvandlik va spirtli
ichimlikka ruju qo‘yganlar hamda boshqa oilalar o‘rganilib, jinoyatchilikning oldini
olish bo‘yicha suhbatlar o‘tkazildi.
Savdo do‘konlari, mahalla ko‘chalarining kirish-chiqish qismlariga
videokuzatuv kameralarini o‘rnatish bo‘yicha fuqarolar bilan targ‘ibot ishlari olib
borildi.
Kunlik amalga oshirilgan ishlar davomida 1 nafar fuqaroga nisbatan
ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi, o‘tkir tig‘li jismlarni ochiq holda olib yurgan
1 nafar fuqarolarga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy
chora ko‘rish uchun JIB Farg‘ona tuman sudiga yuborildi. 53 nafar fuqaroga sodir etgan huquqbuzarligi uchun ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati