16 Dekabr 2022 yil 397

Aldov yoʻli bilan plastik kartasiga pul oʻtkazib olgan shaxs qoʻlga tushdi

Qoʻqon shahar. B.A IIBga murojaat qilib, 2022-yilning 05-noyabr kuni noma’lum shaxs Poʻstindoʻz koʻchasida joylashgan paynet shaxobchasiga mijoz sifatida kelib, plastik kartasiga 1.370.000 soʻm pul mablagʻlarini oʻtkazib bersa naqd pul berishini aytib, oʻtkazib olgandan soʻng paynet shaxobchasi tashqarisida turgan avtomashinasidan pul olib kelib berishni va’da qilib, B.A.ning chalgʻiganligidan foydalanib, noma’lum tomonga yashiringanligini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni X.B sodir etganligi aniqlanib, pprotsessual tartibda ushlangan.

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishini esdan chiqarmang.

Yuqorida koʻrsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech