Adolatdan yashiringan shaxslar qoʻlga olindi
Beshariq tumani IIB JQB va Probatsiya xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Beshariq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan qidiruv e’lon qilingan A.J.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Fargʻona viloyati IIB xodimlari va Fargʻona shahar IIO FMB xodimlari bilan hamkorlikda Jinoyat kodeksining 184-moddasi 3-qismida (soliqlar yoki yigʻimlarni toʻlashdan boʻyin tovlash) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Margʻilon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan M.D.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati