17 May 2022 yil
442
Adolatdan yashiringan shaxslar qoʻlga olindi
Fargʻona viloyati IIB JQB va viloyat IIB 1-mintaqaviy hudud PPX 1-otryad xodimlari Jinoyat kodeksining 223-moddasi 1-qismida (pasport tizimi qoidalarini buzish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan M.G.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Qoʻqon shahar IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Qoʻqon shahar IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan I.S.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati