20 Sentyabr 2022 yil
374
Adolatdan yashiringan shaxslar qoʻlga tushdi
Fargʻona shahar IIO FMB xodimlari Jinoyat kodeksining 131-moddasi ( qoʻshmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan R.D.ni qoʻlga olishdi.
Dangʻara tumani IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismida (oʻgʻirlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Bagʻdod tuman IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan Q.O.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati