24 May 2023 yil
403
Adolatdan yashiringan shaxslar qoʻlga olindi
Oltiariq tumani IIB HPB xodimlari Jinoyat kodeksining 167-moddasi 1-qismida (Dalat mulkini talon-taroj qilish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan X.X.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Boshqarma YHXB 2-Mintaqaviy hudud xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (Firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Quva tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan I.F.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati