3 Sentyabr 2022 yil 384

Adolatdan yashiringan shaxslar qoʻlga olindi

Fargʻona viloyati IIB TQXB xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismida (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan T.N.ni qoʻlga olishdi.

Shuningdek, Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan M.Q.ni qoʻlga olishdi.

Bundan tashqari, Rossiya federatsiyasida xizmat safarida boʻlgan Fargʻona viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan borilgan qidiruv tadbirlari davomida Jinoyat kodeksining 109-moddasi 1-qismida (qasddan badanga yengil shikast yetkazish) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Oʻzbekiston tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan R.O.ni Sankt-Peterburg shahrida qoʻlga olishdi.

Hurmatli fuqarolar!

Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.

Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech