31 Mart 2022 yil
410
Fargʻona viloyatida adolatdan yashiringan shaxslar qoʻlga olindi
30-mart kuni IIV SHXBB Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, Fargʻona tumani IIB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan qidiruv e’lon qilingan M.K.ni qoʻlga olishdi.
Shuningdek, Quvasoy shahar IIB JQB xodimlari Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (firibgarlik) koʻrsatilgan jinoyatni sodir etib, qidiruv e’lon qilingan P.A.ni qoʻlga olishdi.
Hurmatli fuqarolar!
Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega boʻlsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar boʻlimlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi.
Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmati