10 Sentyabr 2025 yil
338
Shahar va tuman IIB Tergov bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘g‘irlik jinoyatidan ogohlikka chorlovchi bukletlar tarqatilyapti
Avval xabar qilganimizdek, fuqarolarni o‘z mol-mulklariga mas’uliyat bilan munosabatda bo‘lishga chorlash, ularning huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida viloyat IIB Tergov boshqarmasi tashabbusi bilan profilaktik tadbirlar tashkillanmoqda.
Joylarda o‘g‘irlik jinoyati jabrlanuvchisiga aylangan fuqarolarga mazkur jinoyatning sabablari va huquqiy oqibatlarini aks ettiruvchi bukletlar tarqatilmoqda.
Bukletlarda ushbu turdagi jinoyatdan jabrlanmaslik uchun nimalarga e’tibor qaratish kerakligi sodda tilda tushuntirib o‘tilgan.
Jumladan, qo‘riqlash pultiga ulanish eng samarali yo‘l ekanligi alohida qayd etilgan.
Fuqarolarni ogohlikka chorlash, ushbu turdagi jinoyatlarning kamayishiga olib keladi.
Farg‘ona viloyati IIB Axborot xizmati