“Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun”
Har yili butun
dunyo bo‘ylab “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun”
nomi ostida kampaniya o‘tkaziladi. Ushbu kompaniya ayollarga nisbatan zo‘ravonlik
inson huquqlariga zid harakat ekanini ifodalovchi fikr bilan ramziy bog‘langan ikki
voqea 25 noyabr – Xalqaro xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikni bartaraf etish kunida
boshlanib, 10 dekabr–Xalqaro inson huquqlari kunida yakuniga yetadi. Har yili O‘zbekiston Respublikasida ham bu kompaniya doirasida
davlat, NNTlar va Halqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda juda katta samarali ishlar amalga
oshiriladi.
2023 yil 2 dekabr kuni “Gender zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik Jamg‘armasi, Farg‘ona viloyati “Mehrjon” markazlari, Farg‘ona Davlat Universiteti filologiya fakulteti, Farg‘ona viloyati hokimligi, Farg‘ona shahar yoshlar siyosati xotin-kizlar masalasi va gender tenglik doimiy komissiya a’zolari, Fargona shaxar"Oqila ayollar" harakati a’zolari bilan hamkorlikda talaba- yoshlar o‘rtasida “Gender tengligi marafoni” mavzusida gender marafoni tashkil qilindi.
Tadbir tashkil qilishdan asosiy yoshlar o‘rtasida gender zo‘ravonlikni oldini olish, ularga O‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilishda qabul qilingan qonunlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish. Undan tashqari ijtimoiy himoya muhtoj aholini qo‘llab quvvatlash muhimligi, ularni kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha ma’lumotlar taqdim qilindi.
Tadbir davomida
talaba yoshlarga 16 kun aksiyasi doirasidagi inson huquqlarini himoya qilishda muhim sanalar haqida ma’lumotlar taqdim qilindi.
Farg‘ona viloyati
IIB Axborot xizmati